Skip navigation and move to Contents...
Bible 2.0 Injilning dalili õz oyatlaridadir Bible 2.0

<< Kalom, Chorshanba, 18 Iyun 2025

O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012

Masih bizni gunohlarimizdan to abad forig‘ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. Uni jisman o‘ldirishdi, ammo U yangi, ulug‘vor hayot uchun tirildi.

Injil, 1 Butrus 3:18

Isoni o‘likdan tiriltirgan Xudoning Ruhi qalbingizda yashayapti. Iso Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudo yuragingizda yashayotgan Ruhi orqali sizlarning foniy tanangizni ham o‘likdan tiriltiradi.

Injil, Rimliklar 8:11

Injil, 1 Butrus 3 (O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012)

15 Qo‘rquvga tobe bo‘lmay, butun qalbingiz bilan Rabbimiz Iso Masihning hokimiyatiga bo‘ysuninglar. Masihga bo‘lgan umidingiz haqida sizdan so‘ragan har bir kishiga javob berishga doimo tayyor turinglar.
16 Lekin buni muloyimlik va hurmat bilan bajo qilinglar. Vijdoningiz toza bo‘lsin, toki Masih yo‘lidagi ibratli hayotingizni yomonlaganlar o‘z gaplaridan uyalib qolsinlar.
17 Agar yaxshilik qilib azob chekishingizni Xudo lozim ko‘rsa, har holda yomonlik qilib azob chekishdan bu afzalroqdir.
18 Masih bizni gunohlarimizdan to abad forig‘ qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih bo‘la turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman o‘ldirishdi, ammo U yangi, ulug‘vor hayot uchun tirildi.
19 So‘ng zindonga qamalgan yovuz ruhlar oldiga borib, ular ustidan g‘alaba qilganini e’lon etdi.
20 Qadim zamonda bu ruhlar Xudoga itoatsizlik qilib, insoniyatni yo‘ldan ozdirgandi. Ammo Xudo sabr qildi. Nuh payg‘ambar o‘z kemasini qurib bo‘lmagunicha Xudo insoniyatni hukm qilmay, kutib turdi. O‘sha kemaga faqat sakkiztagina odam kirib, to‘fon suvlaridan omon qolgandi.
21 Nuh va uning oilasi bilan ro‘y bergan bu hodisa biz uchun timsol hisoblanadi. Bu timsol bizning imonga kelishimizni va suvga cho‘mdirilishimizni bildiradi. Cho‘mdirilish marosimi badanni kirdan tozalash emas, balki Xudoga: “Senga sodiq qolaman”, deb chin yurakdan va’da berish demakdir. Darhaqiqat, sizlar suvga cho‘mdirilganingizda, Iso Masihning tirilishi tufayli najot topdingizlar.

Read more...(to top)

Injil, Rimliklar 8 (O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012)

8 Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar Xudoni mamnun qila olmaydi.
9 Agar Xudoning Ruhi haqiqatan ham sizlarning qalbingizda makon qilgan bo‘lsa, sizlar endi bashariy tabiat amri bilan emas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar. Kimki Masihning Ruhiga ega bo‘lmasa, u Masihga tegishli emas.
10 Ammo Masih sizning qalbingizda makon qilgan. To‘g‘ri, gunoh tufayli tanangiz o‘limga mahkum qilingan, lekin endi Xudoning ruhi sizlar uchun hayot manbaidir, chunki sizlar oqlangansiz.
11 Isoni o‘likdan tiriltirgan Xudoning Ruhi qalbingizda yashayapti. Iso Masihni o‘likdan tiriltirgan Xudo yuragingizda yashayotgan Ruhi orqali sizlarning foniy tanangizni ham o‘likdan tiriltiradi.
12 Shunday qilib, ey birodarlar, endi biz bashariy tabiatimizning amri bilan yashashga majbur emasmiz.
13 Axir bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, o‘lasizlar, ammo Ruh orqali o‘sha tabiatning qilmishlariga chek qo‘ysangizlar, yashaysizlar.
14 Xudo Ruhining yetakchiligida yashaydiganlarning hammasi Xudoning farzandlaridir.

Read more...(to top)

Other Bible Editions

Select...

English Standard Version

Christ was put to death in the flesh but made alive in the spirit.

1 Peter 3:18

If the Spirit of him who raised Jesus from the dead dwells in you, he who raised Christ Jesus from the dead will also give life to your mortal bodies through his Spirit who dwells in you.

Romans 8:11

Injil, 1 Butrus 3 (English Standard Version)

15 but in your hearts honor Christ the Lord as holy, always being prepared to make a defense to anyone who asks you for a reason for the hope that is in you; yet do it with gentleness and respect,
16 having a good conscience, so that, when you are slandered, those who revile your good behavior in Christ may be put to shame.
17 For it is better to suffer for doing good, if that should be God's will, than for doing evil.
18 For Christ also suffered once for sins, the righteous for the unrighteous, that he might bring us to God, being put to death in the flesh but made alive in the spirit,
19 in which he went and proclaimed to the spirits in prison,
20 because they formerly did not obey, when God's patience waited in the days of Noah, while the ark was being prepared, in which a few, that is, eight persons, were brought safely through water.
21 Baptism, which corresponds to this, now saves you, not as a removal of dirt from the body but as an appeal to God for a good conscience, through the resurrection of Jesus Christ,

Read more...(to top)

Injil, Rimliklar 8 (English Standard Version)

8 Those who are in the flesh cannot please God.
9 You, however, are not in the flesh but in the Spirit, if in fact the Spirit of God dwells in you. Anyone who does not have the Spirit of Christ does not belong to him.
10 But if Christ is in you, although the body is dead because of sin, the Spirit is life because of righteousness.
11 If the Spirit of him who raised Jesus from the dead dwells in you, he who raised Christ Jesus from the dead will also give life to your mortal bodies through his Spirit who dwells in you.
12 So then, brothers, we are debtors, not to the flesh, to live according to the flesh.
13 For if you live according to the flesh you will die, but if by the Spirit you put to death the deeds of the body, you will live.
14 For all who are led by the Spirit of God are sons of God.

Read more...(to top)