⛶Kalom, Chorshanba, 12 Avgust 2026
Men sizlarga hukmdor bo‘lmayman, — dedi Gido‘n Isroil xalqiga, — o‘g‘lim ham hukmdoringiz bo‘lmaydi. Egamning O‘zi sizlarga hukmdorlik qilsin.
Tavrot, Hakamlar 8:23
Xudoning mehr–shafqati inson xohishi va tashabbusiga emas, balki Xudoning irodasiga bog‘liq.
Injil, Rimliklar 9:16
|
22
Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Isroil xalqi Gido‘nning oldiga kelib: — Sen bizni Midiyonlarning qo‘lidan qutqarding, endi o‘zing, o‘g‘illaring va nabiralaring bizga hukmdor bo‘linglar, — deyishdi. |
| 23 — Men sizlarga hukmdor bo‘lmayman, — dedi Gido‘n, — o‘g‘lim ham hukmdoringiz bo‘lmaydi. Egamning O‘zi sizlarga hukmdorlik qilsin. |
|
24
Keyin davom etib: — Sizlardan bir narsa so‘ramoqchiman, — dedi. — O‘ljalaringdan bittadan tilla zirak bersangizlar. Midiyonlar ham Ismoil avlodi singari tilla ziraklar taqib yurishardi. |
| 15 Xudo Musoga: “Marhamat qiladiganimga marhamat qilaman, shafqat qiladiganimga shafqat qilaman”, deb aytgan. |
| 16 Shunday qilib, Xudoning mehr–shafqati inson xohishi va tashabbusiga emas, balki Xudoning irodasiga bog‘liq. |
| 17 Muqaddas Bitiklarda yozilganiday, Xudo fir’avnga: “Senga qudratimni ko‘rsatay, butun olamga shuhratimni yoyay, deb seni hukmdor qilib tayinladim”, deb aytgan. |
| 2025-05-31 | Wanted: Editors for Irish Gaelic, Romanian, Vietnamese |
| 2025-01-08 | eBooks for The Word 2025 |
| 2025-01-08 | The Word 2025 for Greek Available! |