O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012
⛶Kalom, Seshanba, 6 Oktabr 2026
Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga o‘rnatdi. “Egamiz bizga butun yo‘l bo‘yi yordam berdi”, deya toshga Evanzor deb nom berdi.
Tavrot, 1 Shohlar 7:12
Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir, O‘zlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir.
Zabur 145:5
Tavrot, 1 Shohlar 7
| 11 Isroil lashkari Mispaxdan chiqib, Filistlarni Bayt–Kor degan yerning etagigacha quvib borib o‘ldirdilar. |
| 12 Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga o‘rnatdi. “Egamiz bizga butun yo‘l bo‘yi yordam berdi”, deya toshga Evanzor deb nom berdi. |
| 13 Mag‘lub bo‘lgan Filistlar Isroil hududiga qaytib hujum qilishmadi. Shomuil hayotligida Isroil xalqi Filistlarga hujum qilganda, Egamiz madad berib turdi. |
Zabur 145
|
4
Ular jon bergach, tuproqqa qaytar, O‘sha ondayoq ularning rejasi yo‘qqa chiqar. |
|
5
Yoqubning Xudosini madadkorim, deb aytganlar baxtlidir, O‘zlarining Egasi Xudodan umid qilganlar baxtlidir. |
|
6
Ha, Yoqubning Xudosi Osmonu yerni hamda dengizni yaratgan. Dengizu undagi hamma jonzotni U yaratgan, U to abad sodiq bo‘lib qoladi, |