Skip navigation and move to Contents...

O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012

Kalom, Shanba, 8 Avgust 2026

Bu amr sizning yaqiningizdadir, og‘zingizda, yuragingizdadir, shuning uchun uni bajara olasizlar.

Tavrot, Qonun takrori 30:14

Xudoni sevish - Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas.

Injil, 1 Yuhanno 5:3

Tavrot, Qonun takrori 30

13 U dengizning narigi tomonida emaski, sizlar: “Kim biz uchun dengizning narigi tomoniga borib, u amrni olib keladi, toki biz eshitib, bajarsak?” — desangizlar.
14 Aksincha! Bu amr sizning yaqiningizdadir, og‘zingizda, yuragingizdadir, shuning uchun uni bajara olasizlar.
15 Bugun men sizlarga hayot bilan farovonlikni yoki o‘lim bilan kulfatni tanlash imkoniyatini beryapman.

Injil, 1 Yuhanno 5

2 Biz bilamizki, Xudoni sevib, Uning amrlarini bajarsak, Xudoning farzandlarini ham yaxshi ko‘rgan bo‘lamiz.
3 Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas,
4 chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir.
Biz imonimiz orqali dunyo ustidan g‘alaba qozonamiz.
uz-Latn O‘zbek tilidagi Muqaddas Kitob 2012